Joriy yilning 10-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazildi.

1backescap05102024

Tadbirda Statistika agentligi markaziy apparat xodimlari hamda ESKATO ekspertlari – Richard Tonkin, Erik Diben va Elena Hirev ishtirok etishdi.

2backescap05102024

Ushbu ushrashuv “Osiyo-Tinch okeani mintaqasi milliy statistika idoralarining yangi, innovatsion va keng koʻlamdagi ma’lumotlar manbalaridan foydalanish salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etildi.

3backescap05102024

Shuningdek, tadbir davomida loyiha doirasida geofazoviy ma’lumotlardan statistika sohasida foydalanish, rasmiy statistika ma’lumotlarini vizuallashtirish va GIS texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha metodologik va amaliy yordam olish masalalari muhokama qilindi.

4backescap05102024

5backescap05102024

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida geofazoviy ma’lumotlar bo‘yicha vakolatli organ Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi vakillari ham ishtirok etishdi.