2024-yilning 6–8-may kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasining “Migratsiya statistikasi” bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi hamda “Qochoqlar, ichki ko‘chirilgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar” bo‘yicha xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

1-sdafgsd12fgs12dfg2s3

2-dfdphoto_5336821075637557289_y

Mazkur tadbirlarda BMTga a’zo davlatlarning milliy statistika idoralari, xalqaro tashkilotlar, BMT ixtisoslashgan muassasalari, xalqaro migratsiya, qochoqlar, ichki ko‘chirilgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchi yoki ulardan foydalanuvchi tashkilotlarning mutaxassislari hamda tahlilchilari ishtirok etdi.

3-thjd1yujtyj1dyjyj1tyj

4-yuio2io2guyiou2io2uio2u6

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Yuldoshev Zoyir Toshkanovich hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Berdiqulov Qobil G‘ulomovich qatnashdi.

5-guiop2ui2olui2l2uio2lui28

6-hio2jhiopop2op2210

Tadbirlarda ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida migratsiya, qochoqlar, ichki ko‘chirilgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar statistikasini yuritish bo‘yicha tajriba almashildi, norasmiy migratsiya va xalqaro migratsiyaning yangi shakllarini hisobini yuritish, migratsiya statistikasi uchun ma’muriy ma’lumotlardan foydalanishni takomillashtirish, majburiy ko‘chirilish va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar statistikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va yondashuvlar muhokama qilindi.

7-xfjf32jh323azdfh3sfh3fs3jjh