Joriy yilning 17-may kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan tashkil etilgan “Har bir ayol va qiz muhim” Global dasturi doirasida mamlakatimiz gender statistikasi potensialini baholash yuzasidan o‘rganish boʻyicha xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

1-170520247j1a7184

2_17_05_2024_7j1a7308

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich boshchiligida agentlik xodimlari, BMTning gender bo‘yicha ekspertlari A.Negruta va T.Sekvava, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Markaziy bank, Markaziy saylov komissiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi vakillari hamda soha boʻyicha bir qator tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi.

3_17_05_2024_7j1a7257

4_17_05_2024_7j1a7201

Yig‘ilishdan koʻzlangan maqsad, Milliy statistika tizimida ushbu baholash xalqaro tashkilot tomonidan gender statistikasini rejalashtirish, ishlab chiqarish va tarqatish tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini  muvofiqlashtirish mexanizmlarini muhokama qilish, gender nuqtai nazaridan baholash bo‘yicha  tahlil qilish va tarqatishni takomillashtirish , xalqaro va milliy kontekstdagi ilgʻor tajriba ulashish orqali bilim almashinuviga koʻmaklashishdan iborat bo‘ldi.

5_17_05_2024_7j1a7241

6_17_05_2024_7j1a7431

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son qarori bilan “Gender.stat.uz” veb-saytiga joylashtirilishi lozim boʻlgan minimal gender koʻrsatkichlar va boshqa maʼlumotlar roʻyxati hamda Oliy Majlis Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-son qarori bilan 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 61 ta maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlangani alohida ta’kidlandi.

7_17_05_2024_7j1a7209

Seminar yakunida ekspertlar mavzuga doir savollarga atroflicha javob berishdi.

8_17_05_2024_7j1a7484