2024-yilning 28-may kuni ESKATO statistika byurosi aʼzolarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Byuro yigʻilishida Reychel Biven xonim, ESKATO statistika boʻlimi direktori janob Batdavaa Batmunx (Moʻgʻuliston), janob Gobinda Prasad Samanta (Hindiston), Piyanuch xonim Vuttisorn (Tailand), janob En Chuan Kox (Singapur) Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ziyaev Zohidjan Muratovich boshchiligida agentlik xodimlari ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz, statistika byurosining oldingi tarkibi 2022-yil 23–25-avgust kunlari Tailandning Bangkok shahrida boʻlib oʻtgan ESKATO statistika qoʻmitasi 8-sessiyasida saylangan. Byuro raisining oʻrinbosari lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich saylangan edi.

Majlisning kun tartibida ishtirokchilar quyidagi masalalarni koʻrib chiqdilar.
Kotibiyat tomonidan ESKATO statistika qoʻmitasining yangi tuzilmasi loyihasi taqdim etildi va qoʻmita byurosi aʼzolari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazildi.

Byuro aʼzolari ESKATO statistika qoʻmitasining 2024-yil kuz oylariga rejalashtirilgan 9-sessiyasining tayyorgarlik bosqichlari va kun tartibini muhokama qildilar.
Yigʻilish davomida byuroning barcha aʼzolari oʻz takliflarini bildirishib, kun tartibi masalalari boʻyicha baʼzi tavsiyalarni berishdi.

Tomonlar oʻzaro maslahatlashuvlarni davom ettirishga va ESKATO statistika qoʻmitasining 9-sessiyasida tasdiqlash uchun taqdim etiladigan ESKATO statistika qoʻmitasining yangi tuzilmasi loyihasini yakunlashga kelishib oldilar.


