Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy statistika” sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari xodimlarining savodxonligini oshirish vazifalari belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida 2024-yil 29–31-may kunlari “Statistika” yoʻnalishida qisqa muddatli sayyor oʻquv kursi tashkil etildi.

Mazkur oʻquv kursida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti “Statistika” kafedrasining katta oʻqituvchisi Shavkat Jumaniyazov va Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasining statistika hisobotlarini qabul qiluvchi mas’ullari oʻzlarining taqdimotlari va video darslari bilan qatnashdilar.

Shuningdek, tinglovchilarning statistika hisobotlarini tayyorlash va topshirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan savollariga atroflicha javoblar berildi, muammoli vaziyatlarga joyida yechimlar koʻrsatildi.



