Joriy yilning 29-may kuni Statistika agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.

1-31_05_20247j1a9121

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari ishtirok etdi.

2-31_05_20247j1a9106

3-31_05_20247j1a9088

Tadbir davomida mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish, ochiq ma’lumotlar to‘plamlari sonini oshirish, ochiq ma’lumotlar portalida geofazoviy ma’lumotlarni joylashtirish imkoniyatini yaratish bo‘yicha xalqaro amaliyotni o‘rganish kabi mavzularga to‘xtalib o‘tildi.

4-31_05_20247j1a9092

Shu bilan birgalikda, joriy yilning mart oyida ESKATO ekspertlari hamda aprel oyida Open Data Watch xalqaro tashkiloti vakili tomonidan Ochiq ma’lumotlar portalini yanada takomillashtirish yuzasidan bildirilgan taklif va tavsiyalarini amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

5-31_05_20247j1a9110