Joriy yilning 30-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 20–24-may kunlari Statistika agentligi delegatsiyasining Koreyaning “Statistics Korea” idorasiga tashrifi natijalari boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.

1-yukyukyukykuyol31_05_2024

Mazkur taqdimotda agentlikning Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshligʻi Abrorali Mamadjanov ishtirokchilarni tashrif davomida koʻrib chiqilgan masalalar, Koreyaning “Statistics Korea” idorasining tarkibiy tuzilishi, hududiy statistika organlari faoliyati, statistikani shakllantirish amaliyoti, iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha statistik maʼlumotlarni yigʻish va ularni tahlil qilish usullari hamda kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash boʻyicha Koreya tajribasi bilan tanishtirdi.

2-uiuiluiltuilgul31_05_2024

Shuningdek, Abrorali Mamadjanov yigʻilish davomida Koreyaning “Statistics Korea” idorasi “Statistik maʼlumotlar markazi (Statistics Data Center)” ish jarayoni, amaliy faoliyati, tajribalari va ularning qulayliklarini tushuntirib berdi.

3-rhrthrjhdtydyj31_05_2024

Yigʻilish davomida, Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Bahodir Gʻoyibnazarov ishtirokchilarni Koreya statistika idorasining “Statistika treyning instituti” va “Statistik tadqiqotlar instituti” faoliyati, tarkibiy tuzilmasi, institutning shakllanish tarixi, oʻquv dasturlari, malaka oshirish tizimi, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy-tadqiqotlar yoʻnalishlari hamda ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari bilan tanishtirdi.

4-yjyjyjtyjtjj31_05_2024

Taqdimot yakunida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.