Joriy yilning 29–31-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Ksiamen shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika bo‘limi (UNSD), hamda BMTning savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD), Xitoy milliy statistika byurosi va Xanchjoudagi Katta ma’lumotlar va rasmiy statistika uchun global ma’lumotlar markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Raqamli iqtisodiyotni o‘lchash” bo‘yicha beshinchi xalqaro seminar o‘tkazildi.

Tadbirda BMTning Statistika bo‘limi, Xitoy milliy statistika byurosi, Morokko, Indoneziya, Tayvan, Vyetnam, Singapur, Pokiston, Hindiston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarning milliy statistika sohasidagi ekspertlari ishtirok etdi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Gulboyev Komiljon Roziqovich ham qatnashdi.
Seminarning asosiy maqsadi statistika tizimida statistik o‘lchash tushunchasi, ko‘lami, ahamiyati va imkoniyatlari, elektron tijorat, raqamli resurs, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarish hamda savdosi haqida umumiy ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida raqamli iqtisodiyotning turli jihatlarini oʻlchash va tahlil qilish boʻyicha xalqaro metodologiyalar, tasniflar, statistik texnologiyalar va ilgʻor tajribalar boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi.


