2024-yilning 5–7-iyun kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) va Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) boʻlimi bilan hamkorlikda “Sharqiy Yevropaning ayrim davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlarida sanoat statistikasini takomillashtirish va sanoat rivojlanishini tahlil qilish uchun statistik koʻrsatkichlarni ishlab chiqish” loyihasi doirasida “Sanoat statistikasi” boʻyicha mintaqaviy seminar oʻtkazilmoqda.

1-20240605103417_7j1a9563

Maʼlumot uchun, UNIDO 1966-yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Avstriyaning Vena shahrida joylashgan. Tashkilotga 170 ta aʼzo davlat va butun dunyo boʻylab 29 ta mintaqaviy va davlatlararo idoralar tarmogʻi mavjud.

Tashkilotning asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlar va iqtisodiyoti oʻtish davridagi mamlakatlarda sanoat rivojlanishini ragʻbatlantirish va jadallashtirish, shuningdek, xalqaro sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishdan iborat.

2-20240605102310_7j1a9480

Tashkilot sanoatda ekologik barqarorlikni ragʻbatlantirish va toza energiyadan foydalanish imkoniyatlarini oshirish boʻyicha tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlaydi. Shuningdek, barqaror sanoat isteʼmoli va ishlab chiqarish modellarini ragʻbatlantiradi.

3-20240605112911_7j1a9658

2024-yilning 5–7-iyun kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan mintaqaviy seminarda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston hamda Oʻzbekiston Respublikasining masʼul xodimlari va ekspertlari ishtirok etmoqda.

4-20240605102446_7j1a9503

Seminar kun tartibiga koʻra, “Sanoat statistikasining asosiy koʻrsatkichlari”, “Ishlab chiqarishda ilmiy-tadqiqot ishlari”, “Ishlab chiqarishda raqamli iqtisodiyot”, “Sanoat koʻrsatkichlarining kompozit indekslari” kabi mavzularda ishtirokchi davlatlarning masʼullari tomonidan taqdimotlar qilindi.

5-20240605102258_7j1a9476

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Sanoat statistikasi boshqarmasi boshligʻi S. Joʻrayev tomonidan “Oʻzbekiston milliy statistika tizimi va sanoat statistikasi samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan islohotlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida taqdimot qilindi.

6-20240605102534_7j1a9516

Taqdimotda sanoat statistikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, tarmoq statistikasida axborot tizimlari oʻrnini oshirish, sanoat korxonalari demografiyasi boʻyicha koʻrsatkichlarni shakllantirish uslubiyatini takomillashtirish, sanoat ishlab chiqarishining texnologik rivojlanishi boʻyicha mavjud koʻrsatkichlarni shakllantirish uslubiyatini xalqaro tavsiya va qoʻllanmalar asosida takomillashtirishga oid masalalar boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

7-20240605113210_7j1a9669

Shuningdek, taqdimotda sanoat statistikasi tarmogʻi boʻyicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Seminar kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan ishtirokchi davlatlar va xalqaro tashkilotning masʼul ekspertlari oʻrtasida qator muhokamalar boʻlib oʻtdi.

8-20240605112018_7j1a9615

Shu bilan birga, barcha ishtirokchi davlatlar vakillari seminarda sanoat statistikasi boʻyicha uslubiyat hamda kuzatuvlarni takomillashtirish boʻyicha oʻz tajriba va takliflari bilan oʻrtoqlashishdi.

9-20240605095240_7j1a9455

Seminar yakunida ishtirokchi davlatlarning ilgʻor tajribalarini amaliyotga joriy etish, sanoat statistikasi boʻyicha asosiy indektorlarni shakllantirish metodologiyasini xalqaro tavsiyalar asosida yanada takomillashtirish, sanoatda koʻp faktorli mehnat unumdorligi indeksini shakllantirish yuzasidan rivojlangan mamlakatlar tajribasini oʻrganish boʻyicha loyiha doirasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar beligilab olindi.