Joriy yilning 5–7-iyun kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) va Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) boʻlimi bilan hamkorlikda, “Sharqiy Yevropaning ayrim davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlarida sanoat statistikasini takomillashtirish va sanoat rivojlanishini tahlil qilish uchun statistik koʻrsatkichlarni ishlab chiqish” loyihasi doirasida “Sanoat statistikasi” boʻyicha mintaqaviy seminar o‘tkazildi.

1-20240607121703_7j1a0473

Unda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston hamda Oʻzbekiston Respublikasining masʼul xodimlari va ekspertlari ishtirok etmoqda.

2-20240607104858_7j1a0400

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Baxodir Abdusalomovich qatnashib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda statistika sohasini rivojlantirish uchun muhim qonun va qarorlar qabul qilinganini takidlab oʻtdi. Bu oʻz navbatida statistik maʼlumotlarning ochiqligi va shaffofligini oshirish, statistik koʻrsatkichlarni  xalqaro darajada solishtirish, taqqoslash imkoniyati oshgani, xalqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish metodologiyasini yanada  takomillashtirish  borasida muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida qayd etildi.

3-20240607104447_7j1a0348

Shuningdek, sohaga zamonaviy AKTini joriy etilgani, statistik kuzatuvlar toʻliq planshetlar orqali amalga oshirilayotgani, idoralararo axborot almashinuvi, integratsiya jarayonlari borasida ham toʻxtalib oʻtildi.

4-20240607102918_7j1a0248

Agentlik rahbari mazkur xalqaro seminarda sanoat statistikasini rivojlantirish borasida qilingan taqdimotlar, bildirilgan taklif va tavsiyalari muhim ahamiyatga ega ekanligini takidlab, seminar ishiga muvaffaqiyat tiladi.

5-20240607104508_7j1a0360

Seminar yakunida ishtirokchi davlatlarning ilgʻor tajribalarini amaliyotga joriy etish, sanoatda koʻp faktorli mehnat unumdorligi indeksini shakllantirish yuzasidan rivojlangan mamlakatlar tajribasini oʻrganish boʻyicha loyiha doirasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar beligilab olindi.

 6-20240607123755_7j1a0519