Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari holatini o’rganish va tegishli ko’rsatmalar berish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o`rinbosari Ziyayev Zoxidjon Muratovich xizmat safari bilan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida direktori o`rinbosari Z.M. Ziyayev hududiy statistika organlari xodimlari va mahalla faollari bilan birgalikda mahallalarga chiqqan holda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holati o‘rganildi.


Direktori o‘rinbosari Z.M. Ziyayev boshchiligidagi o‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi holatlari aniqlandi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha Farg‘ona viloyati hududlari kesimida tahliliy ma’lumotlar tayyorlandi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun direktori o`rinbosari Z.M. Ziyayev Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi rahbariyatiga va hududiy statistika organlari xodimlariga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi. Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun mahalliy hokimliklar va mahalla faollari bilan doimiy hamkorlikda ishlash zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi.



