2024-yil 5–6-iyun kunlari Qozogʻistonning Ostona shahrida Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan 2024-yil uchun MDH statistikasini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish doirasida MDH mamlakatlari statistika xizmatlari mutaxassislarining “Oziq-ovqat resurslari balanslarini shakllantirish” masalalari boʻyicha yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yig‘ilishda MDH mamlakatlari milliy statistika muassasalari vakillari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xalqaro statistika qo‘mitasi rahbariyati va ekspertlari qatnashdi.


Unda agentlikning Qishloq xo‘jaligi statistikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Daliyev Shuhrat Rustamovich hamda Qishloq xo‘jaligi subyektlari faoliyatini statistik kuzatuvlar bo‘limining bosh mutaxassisi G‘affarov Azamat Suyunovich ishtirok etdi.

Tadbir davomida oziq-ovqat resurslarining asosiy turlari balansini shakllantirish masalalari, ushbu sohadagi muammolar, MDH mamlakatlari tomonidan oziq-ovqat resurslarining asosiy turlari balansini hisoblash jarayonlarini takomillashtirishda erishilgan natijalar muhokama qilindi.



