2024-yil 10-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 5–6-iyun kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan 2024-yil uchun MDH statistikasini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish doirasida MDH mamlakatlari statistika xizmatlari mutaxassislarining “Oziq-ovqat resurslari balanslarini shakllantirish” mavzusidagi tadbir natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda mazkur tadbirda ishtirok etgan agentlikning Qishloq xo‘jaligi statistikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Daliyev Shuhrat Rustamovich hamda Qishloq xo‘jaligi subyektlari faoliyatini statistik kuzatuvlar bo‘limining bosh mutaxassisi G‘affarov Azamat Suyunovich ishtirokchilarga yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar haqida ma’lumot berishdi.


Xususan, oziq-ovqat resurslarining asosiy turlari balansini shakllantirish, ushbu sohadagi muammolar, MDH mamlakatlari tomonidan oziq-ovqat resurslarining asosiy turlari balansini hisoblash jarayonlarini takomillashtirishda erishilgan natijalar va boshqa ilgʻor tajribalar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.



