Joriy yilning 17–18-iyun kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori rahbarligidagi delegatsiya Gruziyaning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi, shu jumladan, davlat idoralari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha Gruziya tajribasi, “Ochiq hukumat hamkorligi” xalqaro tashkilotiga a’zolik davrida mamlakatda erishilgan yutuqlar, davlat xaridlarining ochiq va shaffofligini ta’minlovchi elektron xaridlar platformasi hamda ochiq ma’lumotlar bilan ishlashning ilg‘or tajribasi, davlat idoralari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari joriy etilishi kabi masalalar yuzasidan tajriba almashish maqsadida Gruziyaga xizmat safari amalga oshirildi.

1_p86350

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Statistika agentligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

2_p20651

Tashrif davomida:

- Gruziya Korrupsiyaga qarshi kurashish byurosi direktori Razden Kuprashvili bilan;

- Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari bilan;

- Gruziya Raqamli boshqaruv agentligi direktori Davit Nadirashvili bilan;

- Gruziya Davlat xaridlari agentligi direktorining o‘rinbosari Kaxa Demetrishvili ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

3_p11862

Uchrashuv yakunida ikki idora o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Memorandum doirasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirishda tajriba almashish, axborot, me’yoriy hujjatlar va ilmiy manbalar almashish, kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma o‘quv kurslari, seminarlar, treninglar yoki konferensiyalar tashkil etish, xodimlar uchun xizmat safarlari, amaliyotlar tashkil etish nazarda tutilgan.

5_p93407