12/07/2024

Statistika dasturiga muvofiq, respublika eksport-importida turizm hajmini toʻliq hisobga olinishini taʻminlash, turizm statistikasi koʻrsatkichlarini va turizm yordamchi hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan maʻlumotlarni shakllantirish maqsadida 2024-yilning may oyida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kiruvchi va chiquvchi turizm boʻyicha tashrif buyuruvchilarning xarajatlarini oʻrganish yuzasidan kuzatuv oʻtkazildi.

1_-photo_2024-05-30_21-46-51_p60720

Mazkur tanlanma kuzatuv Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) ekspertlari tavsiyalari asosida Statistika agentligi va Turizm qoʻmitasi hamkorligida tashkil etildi.

2_photo_2024-05-30_14-00-27_p49541

Tanlanma kuzatuv uchun intervyuyerlar sifatida oliy taʻlim muassasalarning (jami 181 kishi) iqtidorli va chet tillarini mukammal biladigan talabalari jalb qilindi. Turizm statistikasi koʻrsatkichlarini obʻektiv shakllantirish uchun kuzatuvda ishtirok etadigan supervayzer va intervyuyerlar uchun kuzatuv boʻyicha tushuntirish va soʻrovnomalarni toʻldirish borasida oʻquv-seminarlar oʻtkazildi.

3_photo_2024-05-30_13-32-23_p51552

Oʻrtacha bir nafar turist xarajatlarini qayta koʻrib chiqish uchun Nukus, Samarqand, Namangan, Toshkent, Qarshi, Navoiy, Fargʻona va Urganch xalqaro aeroportlarida, shuningdek, Toshkent va Nukus temir yoʻl vokzallarida hamda Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarining asosiy chegara bojxona postlarida tanlanma kuzatuvlari tashkil etildi.

4_photo_2024-05-30_21-46-52_p29555

Kuzatuv davrida jami 18 794 nafar tashrif buyuruvchilardan soʻrov oʻtkazildi. Shulardan 9 172 nafarini xorij fuqarolari (eksport xizmatlari) hamda 9 622 nafarini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (import xizmatlari) tashkil etdi.

5_photo_2024-05-30_13-32-24_p39705

Kuzatuv natijalarini umumlashtirish, turizm xizmatlari eksportining haqiqiy miqdorini hisoblash maqsadida, xorijiy turistlar tashrif buyurgan mamlakatlarni inobatga olgan holda qoʻshni mamlakatlar, MDH mamlakatlari va uzoq xorijiy mamlakatlar boʻyicha differensiallangan bir tashrif buyuruvchining oʻrtacha xarajatlar koʻrsatkichlari shakllantirildi.

Turizm xizmatlari importini aniqlash uchun, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet el mamlakatlarida qilingan oʻrtacha xarajatlari ham hisoblandi.