22/07/2024

Joriy yilning 8–19-iyul kunlari Koreya Respublikasining Tejon shahridagi Statistika institutida UNFPA tomonidan Koreya Respublikasi Statistika instituti (KOSTAT) bilan birgalikda Aholi boʻyicha 11-yozgi seminar tashkil etildi.

1-jluil22_07_2024img_20240708_102418_p57615

Seminarda Oʻzbekiston, Burkina-Faso, Jibuti, Hindiston, Mavritaniya, Malayziya, Moʻgʻuliston, Nepal, Xitoy, Koreya Respublikasi, Filippin, Shri-Lanka statistika organlari, davlat idoralari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari ishtirok etdi.

2-22_07_2024img_20240715_140954_p32892

Mazkur seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi Mehnat statistikasi koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻlimi bosh mutaxassisi Aliya Tairova ham qatnashdi.

3-22_07_2024img_20240712_140250-1_p64716

Tadbirda Avstraliya Milliy universiteti professorlari Edit Grey va Vladimir Kanudas-Romo demografik nuqtayi nazardan tugʻilish va oʻlimning asosiy tushunchalari, tugʻilish va oʻlim darajasini oʻlchash, tugʻilishni bashorat qilish yoʻllari, kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi va oʻlim modellari haqida tushuntirib berdilar.

4-22_07_202420240708_094143_p66073

 Amaliy mashgʻulotlar Excell, Stata va R kabi dasturlar yordamida ham oʻtkazildi.