2024-yilning 23-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 8–19-iyul kunlari Koreya Respublikasining Tejon shahrida UNFPA tomonidan Koreya Respublikasi Statistika instituti (KOSTAT) bilan birgalikda aholi boʻyicha 11-yozgi seminari boʻyicha oʻtkazilgan seminar natijalariga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.


Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Demografiya, mehnat va gender statistikasi boshqarmasi Mehnat statistikasi koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻlimi bosh mutaxassisi Aliya Tairova taqdimot qildi.

Taqdimot davomida demografik nuqtayi nazardan tugʻilish va oʻlimning asosiy tushunchalari, tugʻilish va oʻlim darajasini oʻlchash, tugʻilishni bashorat qilish yoʻllari, kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi va oʻlim modellari boʻyicha oʻrgangan tajribasi haqida ma’lumot berib oʻtdi.

Taqdimot yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi va mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.



