Joriy yilning 25–26-iyul kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida Gruziya milliy statistika idorasining 105-yilligi hamda gender statistikasiga oid konferensiya oʻtkazildi.

1-31_07_2024-fgdfgf-1_-29_p49693

Xalqaro konferensiyada Yevropa ittifoqiga aʼzo davlatlarning statistika idoralari rahbarlari, Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlarning yuqori darajadagi vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda Gruziya davlat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), ilmiy doiralar va Gruziyadagi xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

2-31_07_2024-fgdfgf-1_-29_p98321

Oʻzbekiston Respublikasidan Statistika agentligi Axborot xizmati rahbari – direktorning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Abdurasulov Usmon Rustamovich ham ishtirok etdi.

3-31_07_2024-fgdfgf-1_-2926_p99948

Dastlab, konferensiyaning birinchi kunida Gruziya milliy statistika idorasining 105-yillik yubiley sanasi nishonlandi.

4-31_07_2024-fgdfgf-1_-29256_p22350

Gender statistikasi boʻyicha oʻtkazilgan sessiyalar davomida konferensiya ishtirokchilari turli mavzularni, jumladan, samarali qarorlar qabul qilish uchun gender maʼlumotlarini boshqarish, vaqtdan foydalanish soʻrovlari, gender ish haqi farqini oʻlchash, ayollar va qizlarga nisbatan zoʻravonlik boʻyicha soʻrovlar natijalari, gender tenglik indeksi, gender darajasini yaxshilash va boshqa masalalarni muhokama qilishdi.

5-31_07_2024-fgdfgf-151_-29_p32286

Mazkur xalqaro konferensiyada ishtirokchi davlatlarning gender statistikasiga oid tajribalari oʻrtoqlashildi. 

6-31_07_2024-fgdfgf-1_-29dv_p65397