Zamonaviy texnologiyalar taraqqiy topib borayotgan bugungi kunda plastik kartalardan pul oʻgʻirlanishi, onlayn firibgarliklar, qisqa qilib aytganda, kiberjinoyat qurbonlari soni ortib bormoqda.

Joriy yilning 6-avgust kuni Statistika agentligi Markaziy apparati xodimlari ishtirokida Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani IIB Kiberxavfsizlik markazi masʻullari tomonidan “Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan bank karta va hisob raqamlarni qay tartibda himoya qilish, mavjud xavfga ega boʻlgan kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, shaxsiy maʻlumotlar tarqalishini oldini olish, shu bilan bir qatorda onlayn xaridlar, mazkur toifadagi ilovalardan ehtiyotkor va hushyor holda foydalanish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.


