14/08/2024

Joriy yilning 13-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xitoy Xalq Respublikasining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari akademiyasi (CAICT)  hamda HUAWEI kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

1_-13082024jknnk2024-gdfgdfgdf-7j1a6660_p72165

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ziyayev Zoxidjon Muratovich boshchiligida markaziy apparat xodimlari hamda “CAICT” akademiyasining Raqamli iqtisodiyotni rejalashtirish boshqarmasi direktori, delegatsiya boshligʻi Lina Se va akademiyaning masʼul xodimlari, shuningdek, HUAWEI Oʻzbekiston tadbirkorlik departamenti katta menejeri Lo Yuesya va kompaniyaning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

2_-13082024jhkdsd2024-gdfgdfgdf-7j1a6671_p11888

Ushbu tadbirdan asosiy maqsad, Yalpi ichki mahsulot (YAIM)da raqamli iqtisodiyotning ulushini hamda iqtisodiyot sohalarining raqamlashganlik darajasini aniqlash metodologiyasini ishlab chiqish loyihasini amalga oshirish hamda muhokama qilishdan iborat.

3_-13082024jlll2024-gdfgdfgdf-7j1a6686_p73243

Maʼlumot uchun: raqamli texnologiyalar sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sektorining mamlakat YАIMdagi ulushi soʻnggi toʻrt yilda deyarli 2 barobarga oshdi.

4_-13082024jklll2024-gdfgdfgdf-7j1a6691_p35169

Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.

Uchrashuv iliq va doʻstona ruhda oʻtdi.

5_-13082024ml2024-gdfgdfgdf-7j1a6698_p33799

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech