15/08/2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 15-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun "Tajriba tariqasida aholini roʻyxatga olishning tashkiliy rejasini tuzish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati" mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

1_-15_08_2024-ljljljklijvfvddfin-7j1a6829_p56898

2_-15_08_2024-kjhkjkijvfvddfin-7j1a6831_p19504

Mazkur vebinarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 4-martdagi PQ-114-son qarorida aholini roʻyxatga olish masalalari boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar, aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va tashkiliy rejasini tuzish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushuntirib berildi.

3_-15_08_2024-liljlkjlijvfvddfin-7j1a6839_p20865

4_-15_08_2024-kjhkkijvfvddfin-7j1a6845_p50693

Vebinar yakunida Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlariga oʻtilgan mavzu yuzasidan test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

5_-15_08_2024-ijvfvddfin-7j1a6824_p82366

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech