2024- yil 23- avgust kuni UNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Mariya Kastijio xonim va Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Аbdusalomovich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Multiindikator klaster kuzatuvlari (MIKK)ning navbatdagi raundini amalga oshirish bo‘yicha joriy hamkorlik va rejalar muhokama qilindi.

Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Аbdusalomovich Kastijio xonimni UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, mamlakatdagi bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun hamkorlikning ahamiyatini taʼkidladi.

Shuningdek, MIKS-6 loyihasining muvaffaqiyatlari, yaʼni Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni monitoring qilish uchun muhim maʼlumotlarni taqdim etgani qayd etildi.

Tomonlar MIKK kuzatuvining navbatdagi raundini o‘tkazishga oid masalalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.


