06/09/2024

Joriy yilning 19–30- avgust kunlari Avstriyaning Vena shahrida “Iqtisodiy faoliyatning yuqori chastotali ko‘rsatkichlari” mavzusida o‘quv seminari tashkil qilindi.

1-06092024group-photo

Mazkur oʻquv seminarda Avstriya, Albaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Gruziya, Mongoliya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan tashrif buyurgan statistika idoralari, Markaziy bank hamda Iqtisodiyot vazirligining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasidan Statistika agentligi Sanoat va energetika statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Karimov, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi bosh mutaxassislari Davron Kushchiev hamda Bahrom Orifovlar mazkur o‘quv seminarida qatnashishdi.

Seminar davomida ishtirokchilar oylik va choraklik dinamik qatorlar bilan ishlash va ularni tahlil qilish bo‘yicha ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar yordamida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shuningdek, ishtirokchi davlatlarning choraklik va yillik ko‘rsatkichlarini hisoblashga doir taqdimotlari ko‘rib chiqildi.

Bu kabi seminarlarda ishtirok etish makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda jahon tajribasini o‘rganish va amaliyotda qo‘llash shuningdek, respublikamizning statistik ko‘rsatkichlari sifatini oshirishga xizmat qiladi.

2060920245393222285520919709

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech