Joriy yilning 3–6- sentabr kunlari Yaponiyanning Chiba shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5- va 16- maqsadlari, gender nuqtai nazaridan jinoyatchilik statistikasi” bo‘yicha mintaqaviy oʻquv seminari o‘tkazildi.

1_-06092024fbdfdfimg_0100

Mazkur mintaqaviy o‘quv seminarida jinoyatchilik va jinoyat adliyasi statistikasi sohasi xodimlar uchun mo‘ljallangan. Unda Xitoyning maxsus ma’muriy hududi Gonkong, Indoneziya, Yaponiya, Malayziya, Mongoliya, Pokiston, Filippin, Koreya Respublikasi, Singapur, Tailand, Turkiya va Qirg‘izistonning Milliy statistika idoralarining vakillari hamda BRM 5- va 16- maqsadiga aloqador mas’ullari ishtirok etishdi.

2_-06092024fxgfimg20240903095643

Mazkur tadbirda Statistika agentligidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Qambarov qatnashdi.

3_-06092024fgffimage-2

Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, BRM 5- va 16- maqsadlari indikatorini shakllantirish, monitoring uchun sifatli statistik ko‘rsatkichlarni yig‘ish bo‘yicha xalqaro miqyosda tasdiqlangan usullarini o‘rganishdan iborat.

                                                                                                                                                                                                                                                                               Axborot xizmati