2024- yilning 10- sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 3–6- sentabr kunlari Yaponiyanning Chiba shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5- va 16- maqsadlari, gender nuqtai nazaridan jinoyatchilik statistikasi” bo‘yicha mintaqaviy oʻquv seminariga oid taqdimot o‘tkazildi.


Taqdimotda mazkur tadbirda qatnashgan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Qambarov ishtirokchilarga jinoyatchilik statistikasi sohasida gender nuqtai nazarini hisobga olish bo‘yicha amaldagi ma’lumotlar tizimini takomillashtirish, turli ma’lumot manbalari bilan ishlash, texnologiyalar orqali zo‘ravonlikni o‘lchash va mikrodata yordamida BRM ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va ushbu sohadagi faoliyatini takomillashtirish masalalari yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.


Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.


Axborot xizmati


