2024- yilning 10- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 2–5- sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Ittifoqi va Latviya Respublikasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Latviya Respublikasi va uning muassasalarida ma’lumotlarni boshqarishni tashkil etish va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishda ma’lumotlardan foydalanish” boʻyicha ishchi guruhi tashrifi natijalariga oid taqdimot oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda qatnashgan Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshligʻi – Dilshod Zakirov agentlik xodimlariga Latviyaning Davlat yer xizmati, Aqlli boshqaruv va hududiy rivojlantirish vazirligi, Ijtomoiy himoya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq xizmati, bolalar klinik shifoxonasining maʻlumotlarni boshqarish yuzasidan soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilganligi va ularda ma’lumotlarni boshqarish tajribasi yuzasidan maʻlumot berib oʻtdi.
Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati