Joriy yilning 20- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

1-20092024vpvm7j1a5170_p15160

Shuningdek, vebinarda xodimlarga investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.  

2-20092024vmvyay7j1a5161_p73884

Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʼlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

3-20092024svyavya7j1a5168_p73963

Vebinar yakunida Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

4-20092024yfafy7j1a5173_p64817