2024- yilning 19- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 20–23- avgust kunlari Koreya Respublikasining Tedjon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari Koreya Respublikasining “Korea statistics” idorasi bilan AKTni rivojlantirish va Axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro tajriba almashish natijalari yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.


Taqdimotda mazkur xizmat safarida ishtirok etgan agentlikning Axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi boshligʻi, Djanadilov Shaxboz Uktamovich ishtirokchilarni tajriba almashish davrida koʻrib chiqilgan masalalar, jumladan, Koreya milliy statistika tizimining umumiy tuzilishi va “Korea Statistics” faoliyati, kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, mikro maʼlumotlarga integrallashgan xizmat koʻrsatish markazi faoliyati, “Statistik maʼlumotlarni yigʻish tizimi“, “Ma’muriy maʼlumotlarni boshqarish tizimi”, “KOSIS axborot tizimi”, “Tanlanma kuzatuvlarni oʻtkazish tizimi” hamda “Aqlli maʼlumotlarni yigʻish” markazi faoliyati hamda AKTni rivojlantirish, shu bilan birga, Axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha oʻrganilgan ilgʻor tajribalari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi


