2024- yil 24- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 16–20- sentabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va tinch okeani mintaqasi boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) tomonidan tashkil etilgan isteʼmol narxlari statistikasi boʻyicha web-scrapingga bagʻishlangan mintaqaviy seminar natijalari yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi.

1_-24_09_2024-fghdfgdf-7j1a5462_p15252

Taqdimotda ushbu seminarda ishtirok etgan agentlikning Raqamli texnologiyalar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Shohruh Odilov va Narxlar statistikasi boshqarmasi boshligʻi Muxtor Umarovlar mintaqaviy seminar yuzasidan olgan bilim va koʻnikmalarini  agentlik xodimlariga yetkazishdi.

2-24_09_2024-fghdfgdf-7j1a5486_p48749

2a-24_09_2024-fghdfgdf-7j1a5416_p14456

Jumladan, isteʼmol narxlari statistikasi boʻyicha web-scraping maʼlumotlari asosida qaror qabul qilishning yangicha yondoshuvlarini joriy etishdagi ijobiy institutsional mexanizmlari, maʼlumotlarni boshqarish ehtiyojlari, texnik tadbirlar va uslubiy imkoniyatlar oʻrganildi va milliy statistika tizimiga joriy etish masalalari koʻrib chiqildi.

3-24_09_2024-fghdfgdf-7j1a5453_p29669

4-24_09_2024-fghdfgdf-7j1a5436_p76752

Shu bilan birga, xalqaro ekspertlar tavsiyalari va ishtirok etuvchi mamlakatlarninig narxlar statistikasiga web-scraping texnologiyalarini joriy etish orqali maʼlumotlarini toʻplash va yuritish boʻyicha oʻrganilgan ilgʻor tajribalari tanishtirildi.

5-24_09_2024-fghdfgdf-7j1a5440_p23512

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

6-24_09_2024-fghdfgdf-7j1a5407_p46142