Joriy yilning 22–24- sentabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilgan “Iqtisodiy statistikaning yangi tendensiyalari va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari” bo‘yicha yuqori darajadagi statistika kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

1_p96409

Tadbirda  Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi va Statistika departamenti ekspertlari, shuningdek, Milliy statistika idoralari, Markaziy bank va moliya vazirliklari vakillari ishtirok etishdi.

2_p25646

Mazkur seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining  Raqamli texnologiyalar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari Shaxboz Samadov ham qatnashdi.

3_p97946

Tashrif davomida statistik ma’lumotlarni tarqatishda shaffoflik darajasi va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini statistika tizimiga joriy etilishi hamda milliy hisoblar tizimini takomllishtirish bo‘yicha qilingan ishlar muhokama qilindi.