2024- yilning 27- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 22–24- sentabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo’lib o‘tgan “Iqtisodiy statistikaning yangi tendensiyalari va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari” bo‘yicha yuqori darajadagi statistika kengashi yig‘ilishining natijalari yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi.

1_p35053

Taqdimotda jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Raqamli texnologiyalar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari Shaxboz Samadov yig‘ilish davomida egallagan yangi bilim va koʻnikmalarini  agentlik xodimlariga yetkazdi.

2_p26708

Jumladan, statistik ma’lumotlarni tarqatishda shaffoflik darajasi va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini statistika tizimiga joriy etish masalalari koʻrib chiqildi.

3_p71489

Shu bilan birga, xalqaro ekspertlar tavsiyalari va ishtirok etuvchi mamlakatlarninig katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari boʻyicha oʻrganilgan ilgʻor tajribalari tanishtirildi.

4_p27761

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.