2024- yilning 23–25- sentabr kunlari Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida Mo‘g‘uliston Milliy statistika idorasi tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi statistika instituti (SIAP) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistika bo‘limi (UNSD) tomonidan tashkil etilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari statistikasi sifati bo‘yicha Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun mintaqaviy oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

3c50b7ea-6e38-4d00-a405-60e72254ff9b_p80686

Mazkur mintaqaviy o‘quv seminari Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi barqaror rivojlanish maqsadlari statistikasi sifatini ta’minlash va statistik ma’lumotlarini ishlab chiqarish uchun mas’ul rahbarlar, ekspertlar va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib unda, Mo‘g‘uliston, Kambodja, Fiji, Indoneziya, Qirg‘iz Respublikasi, Maldiv orollari, Pokiston, Tojikiston, Sharqiy Timor va Turkiya Milliy statistika idoralarining vakillari ishtirok etdi.

70bb1ef0-6f31-4a73-92f1-a4bd05ebbe03_p80225

Mazkur tadbirda Statistika agentligidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasining Notijorat tashkilotlar faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo‘limi bosh mutaxassisi Aziz Eshboyev qatnashdi.

26134348-f6cf-4fa3-a0db-24a4c25f5c2e_p54345

Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchilarga Barqaror rivojlanish maqsadlari statistikasi sifati bo‘yicha so‘ngi o‘zgarishlardan xabardor qilish va ushbu ma’lumotlardan milliy statistikasida foydalanish uchun zarur ko‘nikmalarni egallashga yordam berishdan iborat.