2024- yilning 7- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida shu yilning 23–25- sentabr kunlari Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida bo’lib o‘tgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari statistikasi sifati bo‘yicha Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun mintaqaviy oʻquv seminari” yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.

1_-07_10_247j1a0043_p91060

2_-07_10_247j1a0022_p18917

Taqdimotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasining notijorat tashkilotlar faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo‘limi bosh mutaxassisi Aziz Eshboyev yig‘ilish davomida egallagan yangi bilim va koʻnikmalarini  agentlik xodimlariga yetkazdi.

3_-07_10_24_p43210

4_-7j1a0013_p29672

Jumladan, Barqaror rivojlanish maqsadlari statistikasi sifati bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistika bo‘limi (UNSD) ekspertlarining tavsiyalari va Mo‘g‘uliston, Kambodja, Fiji, Indoneziya, Qirg‘iz Respublikasi, Maldiv Respublikasi, Pokiston, Tojikiston, Sharqiy Timor va Turkiya Milliy statistika idoralarining sifatni ta’minlash bo‘yicha tajribalari koʻrib chiqildi.

5_-07_10_247j1a0033_p11141

6_-07_10_247j1a0017_p50716

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

7_-07_10_247j1a0008_p14052