2024- yilning 15- oktabr kuni Statistika agentligida Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida seminar taqdimot yig‘ilishi o‘tkazildi.

7j1a0771_p85117

7j1a0780_p88184

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6-12- oktabr kunlari Germaniyaning Berlin shahrida “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida Germaniya tajribasini o‘rganish bo‘yicha seminar va uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan edi. Unda Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Satimov Ma’mur Allayorovich ishtirok etgan.

7j1a0784_p38991

7

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan taqdimotda mazkur seminar davomida M.Satimov egallagan yangi bilim va tajribalar, yangi ma’lumotlar tafsiloti bilan o‘rtoqlashdi.

7j1a0792_p17784

Jumladan, seminarda Germaniyada ish bilan ta’minlashda kichik va o‘rta biznes korxonalari juda muhim rol egallashi, ish bilan band aholining qariyb 60 foizi kichik va o‘rta biznes sohasida ishlashi, ro‘yxatga olingan korxonalarning 99 % dan ortig‘i kichik va o‘rta biznes toifasiga kirishi hamda shu kabi foydali va qiziqarli ma’lumotlar muhokama qilinib, fikr almashinildi.