Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlarining Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan tajriba almashish uchrashuvlari yuzasidan agentlikda taqdimot yig‘ilishi o‘tkazildi.

1_-7j1a1048_p67229

4_-7j1a1079_p77005

 Unda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i D. Zakirov, Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Sultanov,  Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U. Noipovlar so‘zga chiqib, o‘rganilgan yangi ma’lumot va ko‘nikmalarni ishtirokchilarga yetkazishdi.

3_-7j1a0965_p36160

2_-7j1a1015_p20496

Jumladan, Polsha uchrashuvlari davomida o‘rganilgan “Ma’lumotlarni boshqarish – xalqaro statistik hamjamiyatdagi tushuncha va misollar”, “Amaldagi metodologiyalar – Polsha ishchi kuchi tadqiqotining metodologiyasida xalqaro standartlarni joriy etish”, “Qisqa muddatli statistika – milliy va Yevropa istiqbollari, foydalanilgan ma’lumotlar manbalari”,  Polsha Statistika boshqarmasining “Polsha ochiq ma’lumotlar portali bilan hamkorlik qilish tajribasi va ma’lumotlarni ochiqlashi”, “Statistika sohasidagi innovatsion faoliyat, Polsha rasmiy statistikasida innovatsion madaniyatni yaratish” kabi mavzular yuzasidan  taqdimotlar bilan tanishildi va muhokama qilindi.

7j1a1062_p37389

Qolaversa, Polsha Statistika boshqarmasi bilan Statistika hamda Ochiq ma’lumotlar sohalarini rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik va tajriba almashishga kelishib olingani ham ta’kidlab o‘tildi. Yig‘ilish yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

7j1a1095_p70008

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning  9–10- oktabr kunlari Polshaning Varshava shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari uchun tajriba almashish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilgan edi.

 

Axborot xizmati