Bugun, 25- oktabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) delegatsiyasining Statistika agentligidagi missiyasi o‘z yakuniga yetdi.

1-251020247j1a2515_p37526

Besh kun davom etgan uchrashuvlarda ESKATO Statistika bo‘limi direktori Reychel Biven, katta ma’lumotlar bo‘yicha ekspertlar Erik Diben va Sergey Gusev hamda agentlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etishdi.

2-251020247j1a2538_p86497

Ma’lumot uchun, joriy yilning 21- oktabr kuni Statistika agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO) Statistika bo‘limi direktori Reychel Biven boshchiligidagi delegatsiya o‘z faoliyatini boshlagan edi.

3-251020247j1a2532_p91382

Loyiha doirasida ESKATO ekspertlari tomonidan internet ma’lumotlari va Soliq qo‘mitasining EPOS ma’lumotlarini iste’mol narxlari indeksini (INI) shakllantirish jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha metodologik ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, ushbu integratsiya uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash talablari yuzasidan yordam ko‘rsatildi.

4-251020247j1a2528_p73265

Missiya davomida statistika sohasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ESKATO tashkil etayotgan dasturlar va o‘quv seminarlaridagi ishtiroki ham muhokama qilindi.

5-251020247j1a2505_p31795