Joriy yilning 25-noyabr kuni Statistika agentligida shu yilning 11–14-noyabr kunlari London shahrida Buyuk Britaniya milliy statistika ofisi taklifiga koʻra, Buyuk Britaniya milliy statistika ofisi (ONS)ning ilgʻor tajribalari oʻrganilishi yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi.

1_-7b5a0113ddddd_p61348

Ushbu tadbirda ishtirok etgan Statistika agentligi Raqamli texnologiyalar va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Shohruh Odilov hamda Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi Nurbek Sheraliyevning olgan bilim va koʻnikmalari agentlik xodimlariga yetkazildi.

2_-7b5a010dddd_p87035

3_-7b5a0108ddd_p33788

5_-7b5a0119dddd_p77523

Shuningdek, taqdimot jarayonida Buyuk Britaniya milliy statistika ofisi (ONS)ning ilgʻor tajribalari, ya’ni statistika faoliyatida maʼlumotlarni olish, ular bilan ishlash, saqlash va tarqatish boʻyicha qonunchilik asoslari, milliy amaliyot, mavjud muammo va kamchiliklar va ularning yechimi boʻyicha Buyuk Britaniya tajribasi, faoliyatda maʼmuriy maʼlumotlardan  samarali foydalanishni taʼminlashdagi oʻziga xos jihatlar, boshqa idoralar bilan integratsiya masalalari, toʻsiqlar, muammolar va yechimlar, statistik registrlarni (korxona va tashkilotlar, iqtisodiyot tarmoqlari) shakllantirish va yuritish boʻyicha Buyuk Britaniya tajribasi, savdo statistikasini yuritishning oʻziga xos jihatlari, zamonaviy raqamli texnologiyalardan amaliyotda foydalanish, Buyuk Britaniya milliy statistika tizimi faoliyatini raqamlashtirish borasida erishilgan natijalar, roʻyxatga olish  (aholi, qishloq hoʻjaligi, biznes) tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Buyuk Britaniyaning oʻziga xos  tajribalari bilan tanishtirildi. 

4_-7b5a0115ddddd_p53402

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.