2024-yilning 29-noyabr kuni Statistika agentligida shu yilning 19-21-noyabr kunlari Moldova Respublikasining Kishinev shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy kommisiyasi  (BMT YIK) va Yevropa erkin savdo uyushmasi (YESU) tomonidan tashkil etilgan “Jarayonlarga asoslangan statistikani tashkil etishga oʻtish” mavzusidagi seminar natijalari boʻyicha taqdimot boʻlib oʻtdi.

1_-2911_247b5a0243dd_p76891

Taqdimotda ushbu seminarda ishtirok etgan Sanoat statistikasi boʻyicha yigʻma tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish boʻlimi boshligʻi Bekzod Yoʻldoshev va Statistika ishlarini tashkil etish hamda Metodologiya bosharmasining statistika uslubiyatini boshqarish va innovatsiyalar boʻlimi bosh mutaxassisi Rustam Ruzayev seminar yuzasidan olgan bilim va koʻnikmalarini agentlik xodimlariga yetkazishdi.

2_-29_11_24-7b5a0240dd_p28355

3_-29_11_247b5a0260ddd_p31593

Xususan taqdimotda xalqaro modellarni sohaga joriy qilishda qabul qilngan normativ-huquqiy hujjatlar, yo‘l хaritalari, o‘quv seminarlari, xalqaro miqyosdagi uchrashuv va tajriba almashishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasida statistika sohasini yanada rivojlantirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi hamda GSIM, GSPBM va GAMSO xalqaro modellarining samarali joriy etilishida muhim rol o‘ynaydi.

4_-29_11_247b5a0254dd_p51354

Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.