12/12/2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 12-dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning normativ-huquqiy asoslari” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

1_-7j1a5229ererer

2_-7j1a5231eteter

Mazkur vebinarda hududiy statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining ahvoli va mahallalarda ko‘chalarga nom belgilari va xonadonlarga raqam belgilarini o‘rnatish ishlarining holati muhokama qilindi. Shuningdek, vebinarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning normativ-huquqiy asoslari batafsil tushuntirilib berildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

3_-7j1a5239retetre

4

5_-7j1a5243rerere

Vebinar yakunida Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi xodimlariga oʻtilgan mavzu yuzasidan test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.