14/12/2024

Joriy yilning 2-11-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan xodimlari uchun oʻquv-trening kurslari tashkil etildi.

asosiy-rasm_p88604

Mazkur oʻquv treningda mamlakatimizda davlat organlarining ochiqligini oshirish va ochiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlantirish mavzusida treninglar oʻtkazildi.

1-rasm_p15772

Ushbu oʻquv treninglar Prezidentimizning 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistik salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4273-son qarori va 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-154-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Ochiq ma’lumotlar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 808-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

2-rasm_p68046

Treninglarda: Ochiq ma’lumotlar tushunchasi, mashinada oʻqiladigan formatlar, ochiq ma’lumotlar portallari, “Ochiqlik indeksi”, mamlakatimizning ochiq ma’lumotlar sohasida oxirgi yillarda erishgan natijalari va bu sohadagi mavjud boʻlgan muammolar muhokama qilindi.

3-rasm_p80768

Treninglarda 73 ta vazirlik va idoralarning ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan 200 nafardan ziyod vakillari ishtirok etdi.

4-rasm_p63663

Tadbir soʻngida “Ochiq maʻlumotlar sohasini rivojlantirish” boʻyicha tashkil etilgan ushbu oʻquv-treninglarni kelgusida ham muntazam oʻtkazish, xodimlarning ochiq maʻlumotlar bilan ishlash boʻyicha malaka va koʻnikmasini oshirib borish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.