Joriy yilning 22- yanvar kuni Statistika agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minash maqsadida hamda 2025-yil 4-7-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan BMT Statistika komissiyasining 56-sessiyasi yig‘ilishining me’yoriy hujjatlarini tayyorlash va ko‘rib chiqish doirasida birinchi onlayn seminar tashkil etildi.
Seminarning asosiy maqsadi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika komissiyasining kotibiyatlararo Milliy hisoblar boʻyicha ishchi guruhining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni va amaliy qo‘llanmalarni ko‘rib chiqish hamda maslahatlar berishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur seminarda Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Abrorali Mamadjanov, Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Zаkirov va Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistika komissiyasi, 1947- yilda tuzilgan bo‘lib, global statistika tizimining eng yuqori organi hisoblanadi. U butun dunyodan BMTga a’zo davlatlarning statistika idoralarini birlashtiradi. Xalqaro statistika faoliyati sohasida, xususan, statistik standartlar, konsepsiyalar va uslubiyatlarni ishlab chiqish va ularni xalqaro va milliy miqyosda amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qiluvchi asosiy organ hisoblanadi. Shuningdek, u BMT iqtisodiy va ijtimoiy Kengashining (EKOSOS) funksional komissiyasi bo‘lib, Kengashga milliy statistika tizimlarini rivojlantirish va milliy statistik ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlashda, BMTning ixtisoslashtirilgan agentliklarining statistika sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishda hamda statistikani va statistik metodologiyani takomillashtirishda yordam beradi.
Ushbu seminarda BMTga a’zo davlatlarning statistika idoralari mutaxassislari ham ishtirok etdi.