Joriy yilning 14-fevral kuni Statistika agentligida xodilarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

7j1a9300_p90455

Tadbirda Statistika agentligi markaziy apparati xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirni Statistika agentligining Yuridik bo‘limi yetakchi yuriskonsulti O. Soliyev ochib, mamalaktimizda yanvar oyi davomida hamda fevral oyining boshida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

7j1a9305_p28648

 Shuningdek, xodimlarga ushbu davr mobaynida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, maqsad vazifalarini tushuntirdi.

Dastalab xodimlarga Statistika agentligi faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida” O‘RQ-707-son Qonunining 27 va 28-moddalari hamda statistika sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 612-son qarorining 22-ilovasining mazmun-mohiyati va huquqiy jihatlari tushuntirildi.

7j1a9323_p94676

Shuningdek, xodimlarga qonunchilikdagi yangiliklar hamda yangi qabul qilingan me’yoriy -huquqiy hujjatlar tushuntirib o‘tildi.

7j1a9326_p46377

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi “Elektr energiyasini xarid qilishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-39-son qarori hamda “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-41-son qarorining mazmun mohiyati va vazifalari bayon etildi.

7j1a9329_p20122

Shuningdek, хodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining (2025-yil 7-fevralda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3605) “Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash haqida” 2025-yil 31-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘ining mazmun-mohiyati va huquqiy jihatlari tushuntirildi. 
7j1a9331_p62012

Tadbir yakunida ishtirokchilarining savollariga batafsil tushunchalar berildi.