Joriy yilning 20- fevral kuni Statistika agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika departamentining 2025-yil 4-7-mart kunlari BMT Statistika komissiyasining 56-sessiyasi yig‘ilishining me’yoriy hujjatlarini tayyorlash va ko‘rib chiqish doirasida onlayn seminar tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi 2025- yilda Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish bo‘lib, bu maslahatlashuvlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha idoralararo va ekspertlar guruhi hamda BMTning Statistika komissiyasi tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan.

Mazkur seminarda Xalqaro hamkorlik va axborot almashinuv boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Noipov, Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Zаkirov hamda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Qambarov ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkilotining statistika komissiyasi, 1947- yilda tuzilgan bo‘lib, global statistika tizimining eng yuqori organi hisoblanadi. U butun dunyodan BMTga a’zo davlatlarning statistika idoralarini birlashtiradi. Xalqaro statistika faoliyati sohasida, xususan, statistik standartlar, konsepsiyalar va uslubiyatlarni ishlab chiqish va ularni xalqaro va milliy miqyosda amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qiluvchi asosiy organ hisoblanadi. Shuningdek, u BMT iqtisodiy va ijtimoiy Kengashining (EKOSOS) funkssional komissiyasi bo‘lib, Kengashga milliy statistika tizimlarini rivojlantirish va milliy statistik ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlashda, BMTning ixtisoslashtirilgan agentliklarining statistika sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishda hamda statistikani va statistik metodologiyani takomillashtirishda yordam beradi.

Ushbu seminarda BMTga a’zo davlatlarning statistika idoralari mutaxassislari ham ishtirok etdi.


