Joriy yilning 20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori Antti Karttunen va O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Milliy statistika qo‘mitasi va YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori bilan birgalikda ochiq ma’lumotlar sohasida so‘nggi yillarda erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Xususan, Ochiq ma’lumotlar va ochiq gender ma’lumotlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz o‘rnini yanada yaxshilash, Big Data yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, statistika faoliyatini takomillashtirish maqsadida xalqaro ekspertlarni jalb qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Kelgusida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.


