Joriy yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi missiyasi ofisi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

7b5a0400-rtrtrt_p28416

Uchrashuvda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toivo Klaar, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi missiyasi ofisi xodimi Yana Kyurpitsa hamda Milliy statistika qo‘mitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.

7b5a0406-vbvbvb_p41010

Uchrashuv davomida statistika tizimini yanada rivojlantirish, ma’lumotlar integratsiyasini takomillashtirish hamda 2026-2030-yillarda Statistikani rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

7b5a0418-bvbvbv_p48419

Shuningdek, xodimlarning EU TAIEX (Yevropa Ittifoqi Texnik yordam va axborot almashinuvi dasturi) dasturida ishtirokini ta’minlash, texnik yordam va axborot almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv natijasida ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha istiqboldagi rejalar belgilab olindi.