Joriy yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

7j1a2279_p89375

Uchrashuvda BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade, rahbar o‘rinbosari Matluba Umurzakova, Aholishunoslikni rivojlantirish dasturi rahbari Azam Toshpulatov hamda Milliy statistika qo‘mitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.

7j1a2276_p12185

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish jarayoniga ko‘maklashish, demografik barqarorlik strategiyasini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish va milliy statistika tizimini rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilindi.

7

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va hamkorlikning boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha kelajakdagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

7j1a2286_p67632