Joriy yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi missiyasi ofisi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Milliy statistika qo‘mitasi raisi boshchiligidagi markaziy apparat boshqarma boshliqlari hamda missiyaning mamlakatda operatsiyalar bo‘yicha rahbari Mirzo Iskandar Gulamov bevosita, Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya va OTBning mas’ul xodimlari esa onlayn ishtirok etishdi.

Tadbirda 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-son Farmonda belgilangan vazifa va yo‘nalishlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, xususan, 2026-2030-yillarda statistikani rivojlantirish Milliy strategiyasini ishlab chiqish, operatsion transformatsiya, ma’muriy ma’lumotlar manbalari provayderlari xodimlarining salohiyatini oshirish hamda integratsiyaga doir masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar Milliy statistika qo‘mitasi xodimlarini xalqaro trening va seminarlarga jalb qilish hamda hamkorlikning boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha kelajakdagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.


