Joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi Davlat moliyasi statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasi bo‘yicha texnik yordam missiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

7

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich boshchiligidagi markaziy apparat mas’ul xodimlari va XVJning katta iqtisodchisi, delegatsiya rahbari Emmanuel Ramatuba, XVJning Davlat moliyasi statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasi bo‘yicha maslahatchisi Inava Yablonska,   mas’ul mutaxassis Irina Dubinina, Iqtisodiyot va Moliya vazirligining  Davlat moliya statistikasini yuritish va byudjet ochiqligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Bekzod Ulug‘ov hamda masofaviy tarzda XVJ statistika departamentining real sektori bo‘limi iqtisodchisi Levan Gogoberishvili ishtirok etdi.

7

Uchrashuvda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan birgalikda iqtisodiyot sektoridagi institutsional birliklarni tasniflash bo‘yicha qo‘shma hamkorlik hamda ko‘rsatkichlarni xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

7

Shuningdek, mazkur sohadagi hamkorlikni kengaytirish, texnik yordamni davom ettirish hamda mazkur yo‘nalishdagi ma’lumotlarni to‘liq va aniq holda shakllantirishni ta’minlash muhimligi qayd etildi.

7