O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 21- sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hay’at a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 578-son qarori bilan hay’at a’zolarining soni 13 kishidan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi va uning tarkibi quyidagicha tasdiqlandi.

 

  1. Hay’at raisi – Begalov Baxodir Abdusalomovich
  2. Raisning birinchi o‘rinbosari – Xolmurodov Dilshod Ibragimovich
  3. Raisning iqtisodiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari – Ikramov Agzam Anvardjonovich
  4. Raisning ijtimoiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari – Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovich
  5. Raisning axborot-kommunikastiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari – Ziyayev Zoxidjan Muratovich
  6. Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i – Zakirov Dilshod Tairovich
  7. Yig‘ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig‘i - Jurayev Xurshid Mamatkulovich
  8. Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i – Mamirov Aziz Otaxonovich
  9. Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i – Mamadaliyev Odiljon Toirovich
  10. Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i – Umarov Muxtor Turayevich
  11. Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i – Berdikulov Qobil Gulamovich
  12. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i – Odilov Shohruh G‘ayratjonovich
  13. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori – G‘ayibnazarov Bahodir Karimovich

 

      Nizomga muvofiq hay’at quyidagilarni amalga oshiradi:

  • qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan vazifa va topshiriqlarining sifatli bajarilishini tashkil etish;
  • qo‘mitaning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini taʼminlash;
  • rasmiy statistika sohasini rivojlantirish dasturlari, strategiya va konsepsiyalarini amalga oshirishning samaradorligini baholash bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.

 

Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.

 

Axborot xizmati