O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti 2021- yil uchun tayanch doktorantura va doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul e'lon qiladi:
(hujjatlar 2020- yilning 15- sentabrdan 15- oktabriga qadar qabul qilinadi).

Tayanch doktoranturaga (ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun):
08.00.06 -“Ekonometrika va statistika”
(PhD tayanch doktorantura uchun 9 ta o‘rin);
08.00.14 – “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari”
(PhD tayanch doktorantura uchun 4 ta o‘rin).
Doktoranturaga (ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun):
08.00.06 -“Ekonometrika va statistika”
(DSc doktorantura uchun 1 ta o‘rin);
08.00.14 – “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari”
(DSc doktorantura uchun 1 ta o‘rin).
Mustaqil izlanuvchilikka (ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qish uchun):
08.00.06 -“Ekonometrika va statistika”;
08.00.14 - “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari”.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktorantura va mustaqil izlanuvchilar uchun suhbat 2020- yilning 1–30- noyabr davrida bo‘lib o‘tadi.
Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradi:
- chet tili (ta'limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til);
- mutaxassislik.
Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- oliy ta'lim muassasi magistraturasi diplomi, oliy ma'lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomi nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun disertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida, bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma'ruza tezislariga ega bo‘lish);
- xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish;
- zamonaviy axborot-kommunakatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan internetdan foydalana olish.
Doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- oliy ma'lumot fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplomni nusxasi;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma'ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasini mufassal loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxasi (fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muxim ilmiy yutuqlarga erishgan, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola hamda ilmiy amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lgan ishlar) taqdim etiladi.
Mustaqil izlanuvchilikka kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- magistrlik yoki oliy ma'lumot (mutaxasislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish maqsadida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomini nusxasi;
- ish joyidan tavsifnoma.
Manzil:100077, Toshkent sh., Mustaqillik shoh ko‘chasi - 42B. Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
Ma'lumot uchun telefon:
(+998 71) 202-81-86;
(+99890) 988-36-73.
Axborot xizmati


